Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






«Buyuk kelajak» eksperti Vashingtondagi va Rishtondagi ko‘chalarda daraxtlarga nisbatan munosabatni taqqosladi
10.08.2019 13:15,  
482

AQSh poytaxti Vashington shahrida faoliyat yuritadigan vatandoshimiz, O‘zbekistondagi «Buyuk kelajak» ekspertlar kengashi eksperti Behzod Mamadiyev daraxt kesish muammosiga e’tibor qaratdi.

Behzod Mamadiyev qo‘ygan surat

«Tepadagi rasm O‘zbekistondagi mening tumanimda olingan. Pastdagi ikkita rasm AQShdagi mening mahallamda olingan.

Tepadagi rasmda Rishton tumanida davom etayotgan obodonchilik va qayta qurish ishlari doirasida yo‘l bo‘yidagi qator daraxtlar yoppasiga kesib tashlangani aks etgan.

AQShdagi mahallamda esa daraxtlar semirib, xamirdek ko‘pib, trotuardan toshaman deyapti, lekin hech kim ularni kesish haqida o‘ylamaydi.

Rishtonlik mahalliy faolning aytishicha, daraxtlarni kesishdan maqsad yo‘lni kengaytirish bo‘lgan. Lekin va’da qilingan yo‘l kengaymagan, ariqqa lotok yotqizishgan xolos. Daraxtlarni kesmasdan bu lotokni yotqizib bo‘lmaydimi?»

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан