Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Davlat boshqaruvi akademiyasiga 2019/2020 o‘quv yili uchun qabul kvotalari belgilandi
27.06.2019 17:40,  
50

Davlat boshqaruvi akademiyasida boshqaruv kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi Prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, 2019/2020 o‘quv yilidan:

– Akademiyada kadrlarni tayyorlash grant va to‘lov-kontrakt asosida, ishlab chiqarishdan ajralgan holda bir yillik va ishlab chiqarishdan ajralmagan holda ikki yillik magistratura dasturlari asosida amalga oshiriladi va diplom beriladi;

–  Akademiya magistraturasiga va qayta tayyorlash kurslariga qabul nomzodlarni birlamchi saralab olish va keyinchalik test va suhbat o‘tkazish orqali tanlov asosida amalga oshiriladi;

–  nomzodlarga qo‘yiladigan talablar Prezident qarori bilan belgilanadi.

Akademiya bitiruvchilari Prezident maslahatchilari bo‘linmalari tomonidan rahbarlik lavozimlariga taqsimlanadi.

Akademiyaga 2019/2020 o‘quv yili uchun qabul kvotalari quyidagicha belgilandi:

– ishlab chiqarishdan ajralgan holda “Davlat boshqaruvi” mutaxassisligi magistraturasiga 90 nafar (shundan 36 ta grant, 54 ta kontrakt);

–  ishlab chiqarishdan ajralmagan holda “Davlat boshqaruvi” mutaxassisligi magistraturasiga 30 nafar (shundan 12 ta grant, 18 ta kontrakt);

–  ishlab chiqarishdan ajralgan holda “Davlat boshqaruvi” mutaxassisligi bo‘yicha qayta tayyorlash kurslariga 60 nafar (shundan 24 ta grant, 36 ta kontrakt);

–  ishlab chiqarishdan ajralmagan holda “Davlat boshqaruvi” mutaxassisligi bo‘yicha qayta tayyorlash kurslariga 90 nafar (shundan 36 ta grant, 54 ta kontrakt).

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан