Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Dehlida zo‘ravonliklar: musulmonlar va hindular o‘rtasidagi to‘qnashuvlar natijasida uch kechada 30 dan ortiq inson halok bo‘ldi
27.02.2020 15:33,  
919

Hindiston poytaxti Dehlida so‘nggi uch kecha davomida musulmonlar yashaydigan tumanlarda ro‘y bergan zo‘ravonliklar natijasida o‘ttizdan ortiq inson halok bo‘ldi. Chorshanba kuni shaharda to‘qnashuv bo‘lmadi, ammo vaziyat keskinligicha qoldi

Hukumat tartibsizliklar yuz bergan tumanlarga politsiya va harbiylarni jo‘natdi. Dehlida bu kabi voqea so‘nggi o‘n yilliklarda umuman kuzatilmagan edi.

To‘qnashuvlar yakshanba kuni boshlandi. Katta ehtimol bilan Hindistondagi hukmron “Bharatiya Janati Parti” millatchi partiyasi yetakchilaridan biri – Kapila Mishraning tahdidi bunga sabab bo‘lgan.       

O‘z tarafdorlari uyushtirgan namoyishda so‘zga chiqqan Mishra ularni Dehlining asosiy aholisi musulmonlar bo‘lgan tumanda yig‘ilishga va hukumat fuqarolik haqidagi qonunga o‘zgartirish kiritishiga qarshi namoyish o‘tkazmoqchi bo‘lgan musulmonlarga to‘sqinlik qilishga undagan.

Hukumat taklif etayotgan o‘zgarishga ko‘ra qonunga shunday qo‘shimcha kiritiladi: Pokiston va Bangladeshdan kelgan qochqin va muhojirlarga tezlashtirilgan tartibda fuqarolik taqdim etiladi, ammo buning uchun ular musulmon bo‘lmasligi kerak. Shu bilan birga ko‘plab shtatlardagi mahalliy musulmonlardan “o‘zining Hindiston fuqarosi ekanligini isbotlashi” haqidagi o‘zgarish ham taklif etilgan. Agar ular bu talabni bajara olmasa, deportatsiya qilinishi kerak bo‘ladi.

Ushbu qonun loyihasi mamlakatdagi musulmonlar jamoasining g‘azabini qo‘zg‘adi, ular o‘tgan yil dekabr oyi o‘rtalaridan kamsitilishga qarshi ommaviy namoyishlar uyushtira boshladi. Hindiston hukumati yangi kiritiladigan o‘zgarishlar musulmonlarga qarshi qaratilganini rad etib, bu tartib milliy ozchiliklarni ta’qiblardan himoya qilish uchun ishlab chiqilganini aytib keladi. 

Dehlida ilk hujumlar yuz bergani haqidagi xabarlar Mishraning bayonotidan biroz o‘tib tarqala boshladi. U o‘z chiqishida “politsiya uch kun ichida musulmonlarning noroziligini to‘xtatishi lozimligi, agar bunday bo‘lmasa, odamlar ko‘chaga chiqishi” haqida aytgandi. 

So‘nggi uch kunda asosan hindular jamoasidan tashkil topgan guruhlarning qurolsiz kishilar, xususan, jurnalistlarni do‘pposlayotgani tasvirlangan ko‘plab surat va videolar paydo bo‘ldi. Shahar ko‘chalarida armatura, tayoq va toshlar bilan qurollangan erkaklar guruhlari yuribdi. Musulmon va hindular o‘rtasida to‘qnashuvlar yuz beryapti.

Jabrlanganlarga yordam ko‘rsatayotgan mahalliy kasalxona bergan ma’lumotga ko‘ra, 189 kishi tan jarohati olgan. 

Qochqinlar 

Dehlida diniy tusdagi so‘nggi tartibsizlik 1984 yili yuz bergan, unda hindular sikhlarga hujum qilgan edi. O‘shanda 3 mingdan ortiq inson halok bo‘lgan.

Hindiston bosh vaziri Narendra Modi o‘zining Tvitterdagi hisobida xalqni xotirjamlik va tinchlikka chaqirib, politsiya tartibni tiklayotganini qo‘shimcha qildi. 

Tartibsizliklar Dehlining musulmonlar ko‘pchilikni tashkil qiladigan shimoli-sharqiy Maujpur, Mustafoobod, Jaffraobod va Shiv Vihar tumanlarida ro‘y bergan. Bu hududlarga kirish hozirda cheklab qo‘yilgan. 

U yerdagi ko‘chalar tosh va singan oyna parchalari bilan to‘lib ketgan. Hamma yerda yoqib yuborilgan avtomobillar ko‘zga tashlanadi. Ko‘plab uylarga ham o‘t qo‘yilgan. 

Bi-Bi-Si muxbirining xabar berishicha, zo‘ravonlik kuchayishidan xavotirga tushgan ko‘plab mahalliy aholi vakillari mol-mulklarini olib o‘z uylarini tark etyapti.

Ko‘pchilik, shu jumladan jurnalistlar ham ko‘chada o‘tkinchilarni to‘xtatib ularning qaysi dinga e’tiqod etishi haqida so‘rab yurgan guruhlar paydo bo‘lganini xabar qilyapti. Fotojurnalistlardan birining aytishicha, undan ichki kiyimini yechib, xatna qilingan-qilinmaganini ko‘rsatishni, ya’ni, musulmon emasligini isbotlashni talab qilishgan. Hindistonda ilgarilari ham diniy asosda yuz bergan to‘qnashuvlarda shu kabi holatlar kuzatilgan.    

Mamlakat hukumati Dehlida vaziyatni nazoratga olayotganini, to‘qnashuvlar yuz bergan tumanlarga yetarli miqdorda harbiylar va politsiyani jo‘natganini aytadi. 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан