Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Donald Tramp: keyingi hafta noqonuniy migrantlar yoppasiga deportatsiya qilinadi
18.06.2019 15:06,  
4

Keyingi hafta AQShda millionlab noqonuniy migrantlar chiqarib yuborish boshlanadi. Bu haqda prezident Donald Tramp ma’lum qildi.

“Keyingi hafta AQShning immigratsiya va bojxona politsiyasi mamlakatga noqonuniy kirib kelgan millionlab migrantlarni deportatsiya qilish jarayonini boshlaydi”, - deya yozgan u Twitter᾽dagi sahifasida.

Trampning ta’kidlashicha , “ular qanday tez kelgan bo‘lsa, shunday tez chiqarib yuboriladi”.

Shuningdek, u raqiblari demokratlarni migratsiyani nazorat qilish masalasida harakatsizlikda ayblash imkonini qo‘ldan boy bermagan.

Tramp Meksika o‘zining qat’iy immigratsiya qonunlari tufayli odamlar Amerikaning janubiy chegaralarigacha yetib borishdan to‘xtatib qolish uchun juda yaxshi olib borayotgani qayd etgan.

“Gvatemala “Uchinchi xavfsiz mamlakat to‘g‘risida” kelishuvni imzolashga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Faqat Kongressdagi demokratlargina hech nima qila olmaydi”, - deya qo‘shimcha qilgan AQSh yetakchisi.

AQShda millionlab noqonuniy migrantlar, ayniqsa janubiy shtatlarda jiddiy muammolardan biri sanaladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан