Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Donald Tramp O‘zbekistonga tashrif buyuradimi? AQSh elchisi javob berdi
11.07.2019 15:14,  
35

AQShning O‘zbekistondagi elchisi Daniel Rozenblyum Toshkentda jurnalistlar bilan uchrashuv o‘tkazdi. Tadbir davomida unga Qo‘shma Shtatlar prezidenti Donald Trampning O‘zbekistonga tashrif buyurish rejalari bor yoki yo‘qligi haqida savol berildi.

«Bilishimcha, AQSh prezidenti Donald Tramp, Qo‘shma Shtatlar vitse-prezidenti yoki davlat kotibining O‘zbekistonga tashrif buyurishi bo‘yicha rejalar yo‘q. Biroq, ba’zida hammasi juda kutilmagan tarzda o‘zgarib ketishi mumkin. O‘ylashimcha, AQSh oliy rahbariyatining tashrifi amalga oshsa, bu mening elchi sifatidagi ishimga ham turtki beradi. Men bundan faqat xursand bo‘laman. 

Lekin jahonning ba’zi nuqtalarida inqirozlar kuzatilmoqda, shuningdek, boshqa dolzarb tadbirlar bor. Afsuski, yetakchilarimizning bor diqqat-e’tibori o‘sha yerga qaratilgan. Sababi, Markaziy Osiyoda hozir barqarorlik hukm surmoqda», - dedi elchi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан