Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Dunyo eng ko‘p haq to‘lanuvchi aktyorlar nomi ma’lum bo‘ldi
12.08.2020 13:27,  
1295

Forbes jurnali dunyodagi eng ko‘p daromad topadigan aktyorlarni aniqladi, deb xabar beradi RIA Novosti.

Amerikaning Forbes nashri har yili eng ko‘p daromad oladigan aktyorlarning yillik reytingini e’lon qildi, uning o‘n a’zosi jami 545,5 million dollarga ega. Xususan, striming xizmatlarining o‘sib borayotgan ta’siri ta’kidlangan - aktyorlar umumiy daromadining chorak qismidan ko‘prog‘ini Netflix orqali ishlab topgan.

"Dueyn Jonson ikkinchi yil ketma-ket 87,5 million dollar bilan birinchi o‘rinni egallaydi. U "Qizil xabar" (Red Notice) filmi uchun Netflix'dan 23,5 million dollar oldi va Project Rock mahsulot qatoridagi muvaffaqiyatidan yaxshigina pul topdi", - deb yozadi nashr.

Ikkinchi o‘rinni Rayan Reynolds egalladi - 71,5 million dollar. U ham "Qizil xabar" hamda Netflixda premera qilingan yana bir film "Arvoh oltilik" (6 underground"da rol o‘ynadi. Ikkinchi filmi aktyorga 20 million dollar daromad keltirdi.

Uchinchi o‘rin 58 million dollar daromad bilan Mark Uolbergga nasib etdi - uning ishtirokidagi "Spenserning adolati" (Spencer Confidential) filmi Netflix tomonidan suratga olingan filmlar orasida tomoshabopligi bo‘yicha uchinchi o‘rinni egalladi.

Ro‘yxat asosan Gollivud yulduzlaridan iborat. Masalan, keyingi o‘rinlardagi Ben Afflek (to‘rtinchi o‘rin, 55 million dollar) va Vin Dizel (beshinchi o‘rin, 54 million dollar) ham Amerikada faoliyat yuritadi. 48,5 million dollar ishlab topgan hindistonlik aktyor Akshay Kumar ham reytingga kirgan. Ro‘yxatdagi yagona Bollivud yulduzi o‘z pulining katta qismini multivitaminlardan tortib to hojatxona tozalash vositalarigacha qilgan reklamalari orqali topgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан