Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Dunyoning eng qari milliarderlaridan biri vafot etdi
13.08.2020 21:10,  
669

Los-Anjelesda 98 yoshida dunyoning eng keksa milliarderlaridan biri - amerikalik media magnat, ViacomCBS'ning faxriy raisi Samner Redstoun vafot etdi. 

ViacomCBS bosh direktori Bob Beckish Redstoun oilaviy kompaniyani avtoulov kinoteatrlaridan yuqori darajadagi media-korporatsiyasiga aylantirganini ta’kidladi. Redstoun ham biznesda, ham xayriya faoliyatida juda katta meros qoldirdi.

National Amusements 1936 yilda milliarderning otasi Maykl Redstoun tomonidan tashkil etilgan. Keyinchalik kichik Redstoun kompaniyani boshqarishni o‘z qo‘liga oldi. 2012 yilda u Viacom'ni sotib olish uning eng katta biznes yutug‘i ekanligini ma’lum qildi.

Uning rahbarligi ostida Viacom MTV media kompaniyasi va Paramount Pictures kinostudiyasini sotib oldi. ViacomCBS tarkibiga MTV, Nickelodeon, Comedy Central, Showtime va boshqalar kiradi. Kompaniya AQShdagi eng katta televizion auditoriyaga ega.

Redstoun 1987 yildan 2016 yilgacha ViacomCBS raisi bo‘lib ishlagan va 1996 yildan 2005 yilgacha ViacomCBS bosh direktori bo‘lgan. Uning boyligi 3,9 milliard dollarga baholandi, deb yozadi Lenta.ru nashri.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан