Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Erdog‘an Putinga Suriya neftini birgalikda nazorat qilishni taklif qildi
10.03.2020 19:22,  
890

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdog‘an rossiyalik hamkasbi Vladimir Putinga Suriyaning Deyr az Zor shahridagi neft zaxiralarini birgalikda nazorat qilishni taklif qildi. Prezident mahalliy NTV telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.

“Men Putinga quyidagilarni taklif qildim: vayron qilingan Suriyani shu yerdan olinadigan neft yordamida oyoqqa turg‘izaylik. Turkiya loyihani amalga oshirish ishlarini olib boradi, Rossiya esa moliyaviy tomonini”, — dedi Erdo‘g‘an.

Uning so‘zlariga ko‘ra, agar tomonlar kelisha olsa, u AQSh prezidenti Donald Trampga ham shunga o‘xshash taklif bilan chiqadi. Vashingtonda ham, Moskvada ham Suriya nefti uchun rejalar mavjud. Ikkinchisi, xususan, Qamishli koni manfaatdor, dedi u.

Putin taklifga “bo‘lishi mumkin” deb javob qaytardi deya ta’kidlab o‘tdi Erdog‘an.

Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirda u hududdan terrorchilar foydalanmoqda va ular faqatgina xomashyoning o‘zinigina ishlatmoqda.

“Agar u sotib olinsa va qayta ishlansa, bizda Suriyani qayta tiklash imkoniyati paydo bo‘ladi”, — dedi prezident.

Noyabrda Anadolu turk agentligi AQSh Deyr az Zordagi neft koni yaqinida ikkita harbiy baza qurayotganini ma’lum qilgan edi. Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, bitta baza AQSh armiyasining 113-brigadasi joylashtirilgan hududda, boshqasi As-Sur qishlog‘ida joylashgan hududda qurila boshlandi. U yerga 300 ga yaqin harbiy xizmatchilar yuborildi, ular qurilish va zirhli transport vositalari, og‘ir qurol va o‘q-dorilarni topshirdilar. Assosiated Press xabar berganidek, Tramp Deyr az Zordan Al-Xasakiygacha kurdlar nazorati ostidagi konlarning xavfsizligini ta’minlash uchun AQSh harbiy missiyasini tasdiqladi. Amerika prezidenti ta’kidlashicha, Suriya neftini nazorat qilish AQShning asosiy maqsadi.

Damashq Vashingtonni Suriya neftini o‘g‘irlashda ayblab, xalqaro sudga murojaat qilish bilan tahdid qildi. Rossiya ham AQShning qarorini qoraladi. Tashqi ishlar vazirligi vakili Mariya Zaxarova ta’kidlashicha, amerikaliklar sanksiyalarni chetlab o‘tib, oyiga 30 million dollardan ortiq miqdordagi neft kontrabandasi qilgan. Tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Sergey Vershinin shuningdek, Rossiya Suriya nefti masalasida AQSh bilan ishlamasligini aytdi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан