Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Eron razvedka vazirligi Yevropa ittifoqining terrorchilar ro‘yxatiga kiritildi
9.01.2019 15:26,  
8

Yevropa ittifoqi kengashi terrorchilik ro‘yxatiga Eron ikki nafar fuqarosi va razvedka va xavfsizlik vazirligini kiritdi. Bu haqda RIA Novosti xabar qildi.

“Kengash Eron ikki nafar jismoniy shaxslari va razvedka va xavfsizlik vazirligini YeI terrorchilar ro‘yxatiga kiritdi”, - deyilgan bayonotda.

Bu choralar yaqinda Yevropa hududlariga oldi olingan hujumlar sababli joriy etildi.

Bundan tashqari, kengash avval ro‘yxatga kiritilgan shaxs, guruh va tuzilmalarni qayta ko‘rib chiqdi. Endi ro‘yxatga 15 nafar jismoniy shaxs, 21 ta guruh va tuzilma kiritildi.

2018 yil noyabrda YeI TIV rahbari Daniyadagi mojarodan so‘ng Eronga nisbatan sanksiyalar ro‘yxatini kengaytirishga rozilik bildirgandi. Ilgariroq, mamlakatda Eron maxsus xizmatlarining noqonuniy faoliyati haqida xabarlar paydo bo‘lganidan so‘ng Daniya Tehrondan o‘z elchisini chaqirib olgandi.

Daniya razvedka va xavfsizlik xizmati rahbari so‘zlariga ko‘ra, Eron maxsus xizmatlar Daniya hududlariga hujumni rejalashtirishgan.

Tehronda bu ayblovlar rad etildi. Eron TIViga Daniya elchisi chaqirildi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан