Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Eronda mudofaa vazirligining sobiq xodimi josusligi uchun qatl etildi
14.07.2020 17:15,  
396

Eronda mudofaa vazirligining sobiq xodimi Rizo Asqariy josuslik va AQSh Markaziy razvedka boshqarmasi (MRB) bilan hamkorlik qilgani uchun qatl qilindi. Bu haqda Eron sud tizimi vakili G‘ulomhusayn Ismoiliyga tayanib yarim rasmiy Tasnim agentligi xabar bermoqda.

“O‘tgan hafta Mudofaa vazirligining sobiq amaldorini qatl qildik. U 1995 yilda nafaqaga chiqqan, keyin Markaziy razvedka boshqarmasi bilan ishlashni boshlagan va raketalarimizga oid ma’lumotlarning bir qismini sotib yuborgan", - dedi Ismoiliy.

Eronda Asqariydan tashqari, Mahmud Musaviy-Majid ismli kishi o‘lim jazosiga hukm qilingan. Dastlab uning hibsga olinishi AQSh va Isroil harbiy kuchlariga Bag‘dodda AQSh havo hujumi natijasida yanvar oyi boshlarida o‘ldirilgan yuqori martabali Eron generali Qosim Sulaymoniyning manzilini sotgani bilan bog‘liq edi. Ammo, keyin OAV boshqa versiyani ilgari surdi. Tasnim agentligi so‘zlariga ko‘ra, Suriyada Musaviy-Majid Eron maslahatchilari bilan bog‘lanib, keyin ma’lumotni Isroil va AQSh razvedka idoralariga sotgan.

Musaviy-Majid qachon qatl qilinishi noma’lum.

2019 yil iyun oyida Eronda MRB va AQSh hukumati nomidan josuslik qilgani uchun, sobiq mudofaa pudratchisi Jalol Xojizafar qatl qilingan edi. Keyin uning sobiq xotini josuslik faoliyatida ayblanib, 15 yilga ozodlikdan mahrum qilindi.

Fevral oyida yana bir eronlik Markaziy razvedka boshqarmasi bilan hamkorlik qilgani uchun o‘limga hukm qilingan. Amir Raximpur ismli odam Tehronning yadroviy dasturi haqidagi ma’lumotni AQSh razvedkasiga etkazishga uringanlikda ayblangan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан