Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Erondan o‘zbekistonlik haydovchilar, talabalar va diplomatlar olib kelindi (video)
17.03.2020 10:22,  
584

Eronga insonparvarlik yukini yetkazish uchun ajratilgan havo kemasida ushbu mamlakatda bo‘lgan O‘zbekistonning 37 nafar fuqarosi vatanga olib kelindi.

Bu haqda Kun.uzʼga Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi. Favqulodda vaziyatlar vazirligining ma’lum qilishicha, reys kecha, 16 mart kuni kechki soat 21:55da Namangan shahri aeroportiga qo‘ngan.

Ular koronavirus tufayli chegaralarning yopilgani natijasida 23 fevraldan buyon Eronning “Lutfobod” postidagi terminalda qolib ketgan 14 nafar haydovchi, shuningdek, talabalar, tadbirkor va diplomatlardir.

 

16 mart kuni Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportidan prezident Shavkat Mirziyoyevning topshirig‘iga muvofiq koronavirusning oldini olish chora-tadbirlariga ko‘maklashish maqsadida Eron Islom Respublikasiga insonparvarlik yordami yuborildi.

Avvalroq prezidentning alohida ko‘rsatmasiga muvofiq, Eronda qolib ketgan yuk tashuvchi haydovchilar, tadbirkorlar, talabalar vatanga olib kelinishi, bu fuqarolar va samolyot ekipaji belgilangan tartibda malakali shifokorlar, soha mutaxassislari nazorati ostida ikki hafta muddatda karantinda saqlanishi aytilgandi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан