Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Yevropa 15 daqiqada natijasini aytadigan koronavirus testlarini ma’qullandi
1.10.2020 11:35,  
127

Yevropa Ittifoqi Amerikaning Becton Dickinson farm shirkati tomonidan yaratilgan 15 daqiqada javobini bilish mumkin bo‘lgan koronavirus testlarini keng miqyosda foydalanishni ma’qulladi. Tezkor sinov muhim omillardan biriga aylanishi mumkin, buning natijasida Yevropa koronavirusning ikkinchi to‘lqinidan osonroq o‘tadi, deb yozadi Bloomberg.

Becton Dickinson'ning tezkor sinovi Yevropa iqtisodiy hududi tomonidan tasdiqlangan, deya xabar beradi kompaniyaning o‘zi. Xabardan so‘ng kompaniya aksiyalari deyarli 3 foizga o‘sdi.

Ushbu tezkor sinov virusli antigen oqsillarini (antitanalar emas) aniqlashga asoslangan va yetarli darajada sezgirlikni (haqiqiy musbat testlarning ulushi, 93,5%) va o‘ziga xoslikni (haqiqiy salbiy testlarning ulushi, 99,3%) birlashtiradi. Ammo regulyatorlar salbiy natijani standart PSR testi bilan tasdiqlashni maslahat berishadi.

15 daqiqalik antitana testlari allaqachon mavjud, ammo infeksiyani erta aniqlashga imkon bermaydi.

Davomiy infeksiya uchun ishonchli 15 daqiqalik sinov koronavirusli bemorlarni tezkor aniqlashni anglatadi - u turli joylarda, masalan, aeroportlarda qo‘llanilishi mumkin. "Bu Yevropa uchun haqiqatan ham inqilobiy", dedi agentlik bilan suhbatda Becton Dickinson'ning diagnostika bo‘yicha rahbari Fernand Goldblatt. Unga ko‘ra, Yevropa aprel va may oylaridagi maksimumga qaytmoqda va testlarga talab juda yuqori bo‘ladi.

Becton Dickinson oktyabr oyiga qadar oyiga 8 million tezkor sinovlar yetkazib berishni va’da qiladi, ularning katta qismi Yevropaga ketadi.

Sinovlar arzon emas. Becton Dickinson variantida yevropaliklar uchun har biri $250 - 300 turadigan Veritor Plus analizatorlari talab qilinadi, testlarning o‘zi esa donasi 20 dollar turadi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан