Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Yevropa Ittifoqida ilk mamlakat lokdaunni qayta tikladi
20.10.2020 18:45,  
120

Irlandiya koronavirusning ikkinchi to‘lqini tufayli to‘liq karantin cheklovlarini qayta tiklagan birinchi Yevropa Ittifoqi mamlakati bo‘ldi. Bu haqda AFP xabar bermoqda.

Irish Times nashrining yozishicha, cheklovlarning beshinchi darajasiga qaytish to‘g‘risida qaror hukumat tomonidan qabul qilingan. Bu daraja o‘zini yakkalash tartibi qaytarilishini va bir necha kishi yig‘ilishini taqiqlashni nazarda tutadi. Shuningdek, uydan 5 km. masofagacha harakatlanish mumkin. Ishga borish faqat xodimlarning tanlangan guruhlari uchun ruxsat etiladi. Umumiy ovqatlanish shaxobchalari va barlar faoliyati taqiqlanadi. Hayotiy mahsulotlarni sotmaydigan do‘kon va xizmatlar yopiq. Jamoat transportida yo’lovchilar sig‘imi transportning 25 foizi hajmida cheklangan.

Istisno tarzida bu karantinda maktablar yopilmaydi.

Irlandiya milliy karantin rejimiga keyingi olti hafta davomida, ya’ni dekabr boshiga qadar amal qiladi. Bosh vazir Maykl Martinning aytishicha, joriy cheklovlar "yehtimol Yevropadagi eng qat’iy [чеклаш] rejimidir", ammo "ko‘proq harakat qilish kerak".

Jons Xopkins universiteti ma’lumotlariga ko‘ra, Irlandiyada 50,9 ming koronavirus infeksiyasi aniqlangan. 1852 kishi vafot etdi. Mamlakatda kasallanishning keskin o‘sishi sentyabrdan beri qayd etildi; bir kun oldin u yerda kasallikning 1000 dan ortiq yangi holatlari aniqlandi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан