Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Yevroparlament Lukashenkoni qonuniy rahbar deb tan olmadi
18.09.2020 12:08,  
163

Yevropa Parlamenti Aleksandr Lukashenkoni qonuniy prezident deb tan olmadi va Muxolifatning Muvofiqlashtiruvchi kengashini Belorusning muvaqqat hukumati deb atadi.

Deputatlar 9 avgust kuni Belorusdagi saylov natijalarini tan olishdan bosh tortdilar va Aleksandr Lukashenkoni hokimiyatni tinch yo‘l bilan topshirishga chaqirdilar. Yevroparlament tinch namoyishchilarga qarshi zo‘ravonlik qo‘llanilishini qoraladi. Rezolyusiyada Belorus oppozitsiyasining Muvofiqlashtiruvchi kengashi "demokratik o‘zgarishlarni talab qiladigan odamlarning vaqtinchalik vakili" deb ataldi.

Yevropa parlamenti deputatlari saylovlarni soxtalashtirishda aybdor bo‘lgan barcha shaxslarga, jumladan Lukashenkoga qarshi shaxsiy sanksiyalar qo‘llanishini qo‘llab-quvvatladilar.

Shuningdek, deputatlar Rossiyaning Belorus ichki ishlariga "gibrid aralashuvi" ni qoraladi.

Qaror maslahat xarakteriga ega va qonuniy kuchga ega emas.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан