Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Facebook Rossiya harbiy razvedkasiga daxldor hisoblarni o‘chirib tashladi
13.02.2020 17:48,  
184

Facebook ijtimoiy tarmog‘i Rossiya harbiy razvedkasi tomonidan Ukrainaga qarshi operatsiyalar uchun tayyorlangan deb ko‘rilayotgan 78 ta hisob hamda 29 guruhni tarmoqdan uzib qo‘ydi.

Hisoblarning ko‘lami unchalik keng emas edi: 500 nafar obunachilar hamda 6 mingdan ortiqroq obunachi guruhlarga a’zo edi.

Ayrim sahifalar mustaqil tergov jurnalistlari nomidan ish yuritgan.

CNBC nashriga ko‘ra, o‘chirilgan sahifalarning ayrimlari mahalliy OAVlarda Rossiya manfaatlarini himoya qilgan. Ular buni klassik axborot maxsus operatsiyasi sifatida ko‘rishgan.

Hisoblarning eng faol bo‘lgan payti 2016-2017 yillarga to‘g‘ri keladi. O‘sha paytlarda 2014 yilda Ukraina osmonida halokatga uchragan Malayziya samolyoti, Qrimning qo‘shib olinishi hamda Rossiyaning Suriyadagi operatsiyalari faol tarzda muhokama qilinardi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан