Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






AQShda 93 ayolni o‘ldirgan eng ashaddiy seriyali qotil o‘z aybiga iqror bo‘ldi
8.10.2019 15:58,  
981

Federal Qidiruv Byurosi Samuel Littlning AQSh bo‘ylab 93 nafar ayolni o‘ldirgani haqidagi e’tirofini ishonchli, deb hisoblaydi.

FQBga ko‘ra mahkum Qo‘shma Shtatlar bo‘ylab 90 nafardan ortiq ayolni o‘ldirganini tan olgani uni mamlakat tarixidagi eng ashaddiy seriyali qotilga aylantirgan.

2012 yildan buyon panjara ortida bo‘lgan Samuel Littl o‘tgan yili tergovchilarga 1970-2005 yillar orasida butun mamlakat bo‘ylab 90 dan ortiq ayolning o‘limiga mas’ul bo‘lganini aytgan edi. O‘tgan yakshanba kuni chiqqan xabarda FQB federal jinoyatlar bo‘yicha tahlilchilar uning barcha e’tiroflari ishonchli ekaniga ishonishi va bulardan 50 tasi rasmiylar tomonidan tasdiqlanganini e’lon qildi.

Tergovchilar Florida, Arkanzas, Kentukki, Nevada va Luizanada yana 5 ta shunday ish bo‘yicha yangi ma’lumot va tafsilotlarni o‘rganmoqda.

79 yoshli Littl ko‘p martalik bir umrlik qamoq jazosiga hukm qilingan bo‘lib, Kaliforniyada jazoni o‘tamoqda. U o‘zining 93 qurbonini bo‘g‘ib o‘ldirganini, ularning deyarli barchasi ayollar bo‘lganini aytgan.

Qurbonlarning bir qanchasi jamiyatdan ajralib qolgan odamlar bo‘lgan. Shuning uchun ularning ko‘pchiligi giyohvand moddani haddan ortiq iste’mol qilib yuborgani uchun, yoki tasodifan, yoxud noma’lum sabablarga ko‘ra o‘lganiga ishonilgan. Ba’zi jasadlar umuman topilmagan.

FQB Litllning o‘zi qamoqda o‘tirib chizgan 30 ta rangli suratdagi qurbonlar bo‘yicha tekshiruv o‘tkazdi. Bular insonni hayajonga soladiga suratlar bo‘lib, aksari qora tanli ayollarga tegishlidir.

Samuel Littl qamoqxonada o‘tirib chizgan o‘z qurbonlarining rasmi

Associated Press agentligi Littlning videosuhbatini ham o‘rganib chiqdi. U bu videoda 1993 yili bir ayolni qanday qilib bo‘g‘ib o‘ldirib, keyin uning jasadini tashlandiq yo‘l yoqasidagi jarlikka tashlab ketganini tasvirlab bergan. “Men jasadning dumalab yerga urilayotgani ovozini eshitdim, bu uning hali ham jarlikka tushib ketayotganini bildirardi”, deydi u.

Boshqa bir videoda u Yangi Orleandagi qurbonini xotirlab: “U go‘zal edi. Bug‘doyrang, bo‘yi uzun, chiroyli va ochiqko‘ngil ayol edi”, degan.

Bu voqea 1982 yili bo‘lgan, ular klubda uchrashishgan. Ayol Littlning Linkoln rusumli mashinasida birga ketgan va ular ko‘rfaz qirg‘og‘ida to‘xtashgan. “U men suvga cho‘ktirib o‘ldirgan yagona ayol edi”, degan u.

Tergovchilar haligacha butun mamlakat bo‘ylab uning iqrorliklariga dalil topish, o‘nlab yillar davomida ochilmay qolgan jinoyatlarni bunga bog‘lash uchun harakat qilishmoqda.

Avgust oyida u Ogayoda to‘rt ayolni o‘ldirganini tan oldi. Littl 2013 yili Kaliforniyada 3 ayolni o‘ldirishda aybdor deb topilgan, o‘tgan yili esa Texasda bir ayolni o‘ldirganiga iqror bo‘lgandi.

Tennesi shtatidagi Knoks okrugi rasmiylari dushanba kuni Marta Kunninghem ismli ayol ham Litllning qurboni bo‘lgan bo‘lishi mumkinligini aytib chiqdi. Bu ayolning jasadi 1975 yil 18 yanvar kuni tushdan keyin okrugning sharqidagi o‘rmondan, ovchilar tomonidan topilgan edi. Ayolning jasadi belidan pasti yalang‘och bo‘lib, hamyoni va taqinchoqlari yonida bo‘lmagan.

Shuncha ashyoviy dalillarga qaramay izquvarlar o‘sha paytda Kunninghemning o‘limini tabiiy sabablarga bog‘lab, jasad topilgan kunning o‘zidayoq ishni yopishgan. Sud-tibbiy eksperti esa tergov hisobotidagi “o‘lim sababi” degan joyga “noma’lum” deb yozib qo‘ygan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан