Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Fransiyada favqulodda holat rejimi 10 iyulgacha uzaytirildi
10.05.2020 11:04,  
124

Fransiya parlamenti koronavirus pandemiyasi tufayli mamlakatda favqulodda sanitariya holatini 10 iyulgacha uzaytirish to‘g‘risidagi qonun loyihasini ma’qulladi. Bu haqda mamlakat parlamentining quyi palatasi - Milliy Assambleya rasmiy tvitter sahifasida xabar berildi. 

"Aralashgan paritet komissiyada deputatlar va senatorlar o‘rtasida kelishuvga erishilgandan so‘ng, Milliy Assambleya favqulodda holatni uzaytirish to‘g‘risida qonun loyihasini qabul qildi", - deyiladi xabarda. 

Ushbu hujjat ilgari Senat (parlamentning yuqori palatasi) tomonidan ma’qullangan.

Fransiyada ikki oylik favqulodda sanitariya to‘g‘risidagi qonun 24 martda kuchga kirgan edi. Hujjatga ko‘ra, hozirgi vaqtda hukumat parlament bilan maslahatlashmasdan jamoat erkinliklarini, jumladan sayohat qilishni taqiqlash, komendantlik soatlari joriy qilish, korxonalarning ayrim guruhlarini yopish va narxlarni nazorat qilishni cheklashi mumkin.

Aprel o‘rtalarida prezident Emmanuyel Makron mamlakatda koronavirusga qarshi kurash choralarini 11 maygacha uzaytirgan edi. Shunday qilib, harakatni cheklash saqlanib qolmoqda va mamlakat chegaralari yopiqligicha qolmoqda. Shu bilan birga, Makronning so‘zlariga ko‘ra, ushbu sanadan so‘ng Fransiyada asta-sekin yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik ko‘rish uchun o‘quv muassasalari ochila boshlaydi. Ammo madaniy va sport tadbirlari hech bo‘lmaganda iyul oyining o‘rtalariga qadar taqiqlanadi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан