Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Fransiyadagi cherkov yonida noma’lum shaxs odamlarga hujum qildi
29.10.2020 16:12,  
479

Pichoq bilan qurollangan noma’lum shaxs 29 oktyabr, payshanba kuni Fransiyaning Nitssa shahridagi cherkov yonida kamida uch kishini o‘ldirdi va bir necha kishini yaraladi. Shahar hokimi voqeani “terakt” deb baholamoqda.

Parlamentning o‘ng qanot respublikachi partiyasi sobiq a’zosi, shahar meri Kristian Estrozi Tvitterda pichoq bilan hujum Notr-Dam cherkovi ichida yoki yaqinida sodir bo‘lganini va politsiya qotilni hibsga olganini ma’lum qildi.

Estrozi “Men bu narsani [Ницца марказидаги] Notr-Damda qilingan terror hujumi ekanligini tasdiqlay olaman”, - deya tvit qoldirdi.

Prezident Emmanuel Makron shaharga tashrif buyurishi kutilayotgan edi, IIV Jerald Darmanin inqiroz bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazib, odamlarni hujum joyidan qochishga chaqirdi.

Terrorizmga qarshi prokuratura, terroristik aloqaga ega bo‘lgan hujum bo‘yicha tergov ochilganligini aytdi.

"Fransiya yana islom-fashizmi qurboniga aylandi", - deb yozdi Estrozi.

Ayni paytda, parlamentning quyi palatasi yangi koronavirus cheklovlari bo‘yicha munozarani to‘xtatdi - mamlakat juma kuni yangi karantinga kiradi va qurbonlar uchun sukut saqlanadi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан