Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Futbolchi maydonga lezviya olib kelib, raqiblarini yaraladi
4.03.2019 18:11,  
8

Turkiyada futbolchi maydonga lezviya olib kelib, o‘yin davomida raqiblarini jarohatladi, deb yozadi Yeni Şafak Spor nashri.

​Ushbu hodisa Turkiyaning "Amedspor" va "Sakaryaspor" jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan o‘yin davomida sodir bo‘lgan. "Amedspor" jamoasining yarimhimoyachisi Mansur Chalar maydonga sezdirmasdan lezviya olib keladi va raqib jamoa o‘yinchilari bilan ko‘rishayotganda hamda o‘zaro kelib chiqqan janjal vaqtida ular tanasining turli qismlarini jarohatlaydi.

"Sakaryaspor" futbolchilari gap nimada ekanligini darhol sezishmaydi. Musobaqa yakunidan so‘ng ular ijtimoiy tarmoqlarda o‘zlarining yaralangan tana qismlarini e’lon qilishadi. Internet foydalanuvchilari Chalarning bu xatti-harakatlarini qattiq qoralashdi.

​Turkiyaning "Amedspor" klubi rahbariyati futbolchi bu ishni qilmaganini aytdi. Klub o‘zining Twitter᾽dagi sahifasida Chalar haqida bo‘hton tarqatayotganlar javob berishlarini ma’lum qildi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан