Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Gaz va elektr energiyasining oshirilgan narxlari ma’lum qilindi
31.07.2019 11:22,  
85

O‘zbekistonda 2019 yil 15 avgustdan  elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun belgilangan tariflar va narxlar oshiriladi. Bu “Yoqilg‘i-energetika resurlari narxlari va tariflarini o‘zgartirish to‘g‘risi”dagi Hukumat qarorida nazarda tutilgan.

Qaror bilan 2019 yilning 15 avgustidan boshlab elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun quyidagi tariflar va narxlar tasdiqlandi:

  • aholi uchun 1 kub.m gaz – 380 so‘m (hozirda 320 so‘m);
  • aholi uchun 1 kVt elektroenergiya – 295 so‘m (hozirda 250 so‘m).

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston hukumatining 2018 yil 1 noyabrdagi 897-sonli qaroriga asosan O‘zbekistonda energiya manbaalari narxini bosqichma-bosqich oshirish rejalashtirilgan edi. Birinchi bosqichda 2018 yilning 16 noyabridan boshlab va ikkinchi bosqichda – 2019 yilning 1 iyunidan boshlab.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 5 iyul kuni birinchi yarim yillikda davlat byudjetiga tushumlar natijadorligini tahlil qilish va yangi vazifalarni belgilash masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida energiya resurslari tariflarini optimallashtirish masalasi ham ko‘rib chiqildi. Yig‘ilishda so‘nggi ikki yilda mamlakatda aholi, ijtimoiy va ishlab chiqarish ob’yektlarini uzluksiz elektr energiyasi va tabiiy gaz bilan ta’minlash borasida qator ishlar amalga oshirilgani qayd etildi. Ushbu yo‘nalishdagi ishlarni yanada yaxshilash maqsadida tegishli tarmoqlarni modernizatsiya qilish, energiya tejamkor texnologiyalarni qo‘llash va xarajatlarni optimallashtirish talab etishi ta’kidlandi.

Shu bois, aholi uchun tariflarni keskin oshirmasdan, inflyasiya darajasiga yaqin miqdorda o‘zgartirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan. Tarif islohotlari xalqqa yengil bo‘lishi uchun eng kam ish haqini ham oshirish rejalashtirilgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан