Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Germaniya Ichki ishlar vaziri kansler Merkel bilan qo‘l berib so‘rashishni rad etdi
3.03.2020 09:14,  
572

Germaniya Ichki ishlar vaziri Xorst Zeyexofer bilan Angela Merkel o‘rtasida ziddiyat vujudga keldi.

Vazir Merkelning migratsiya siyosatidan norozi bo‘lib, yaqinda kansler tomonidan tuzilgan yangi koalitsiyaning qulashiga tahdid soluvchi barcha lavozimlarini tark etish niyatini bildirdi.

Reuters ning partiyadagi manbalariga ko‘ra, Xorst Zeyexofer yakshanba kuni partiya rahbariyati bilan uchrashuvda, Merkelning migratsiya bo‘yicha takliflariga rozi bo‘lish yoki yo‘qligini muhokama qilgan.

Merkeldan qochqinlar siyosatini kuchaytirishni talab qilgan Zeyexofer, avvalroq hamkasblariga YeI rahbarlari bilan kelishilgan choralarga qaramay, ba’zi muhojirlarni qaytarib yuborishning boshqa muqobil varianti yo‘qligini aytdi, deya xabar beradi Reuters agentligi. Merkel esa bu fikrni rad etdi, deya qo‘shimcha qiladi agentlik.

Zeyexofer o‘z lavozimini tark etish niyati borligini Deutsche Welle ham partiyadagi manbalariga tayanib xabar qilmoqda. Agentlik suhbatdoshlariga ko‘ra, partiyaning boshqa vakillari uni bu qaroridan qaytarishga uringan.

Bir kun oldin Merkel Zeyexofer bilan uchrashuvi chog‘ida Yevropa Ittifoqi mamlakatlarining migratsiya siyosati bo‘yicha kelishuvlari natijalarini muhokama qilgani haqida xabar berilgan edi. 

DW ning ta’kidlashicha, Zeyexoferning suhbat natijasidagi bayonoti Merkelning ilgari aytganlariga ziddir. 

"Biz qaror qilgan barcha masalalar yig‘indisi milliy choralarimiz kabi ayni bir yechimdir. Bu mening shaxsiy xulosam. Albatta, partiya o‘zi qaror qabul qilishi kerak bo‘ladi, dedi kansler ZDF ga bergan intervyusida.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан