Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Germaniyada 39 muhojirning o‘limi bilan bog‘liq ishda gumon qilingan shaxs ushlandi
30.05.2020 11:41,  
193

Germaniya huquq-tartibot organi xodimlari tomonidan o‘tgan yil kuzda Britaniyada ochilgan vetnamlik muhojirlar jasadini yuboradigan kontrabanda tarmog‘ini tashkil qilishda gumonlanayotgan shaxs hibsga olindi. Bu haqda France Press nashri tergovga aloqador manbalariga tayanib xabar bermoqda.

Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, "Tulki gersog" laqabli 29 yoshli erkak chorshanba kuni Fransiya tomonidan chiqarilgan hibsga olish to‘g‘risidagi buyruq doirasida hibsga olingan. Uning fuqaroligi haqida ma’lumot berilmagan.

"U tarmoqning fransuz tomoni rahbari bo‘lishi mumkin", - deydi agentlik manbasi.

2019 yil 23 oktyabrda Britaniyaning Esseks grafligi politsiyasi Belgiyadan kelayotgan yuk mashinasi 39 kishining jasadini topgan edi. Bir haftadan keyin ular Vetnam fuqarolari ekanligini ma’lum bo‘ldi. Voqea yuzasidan britan politsiyasi bir qancha gumondorlar, jumladan yuk mashina haydovchisi 25 yoshli Shimoliy irlandiyalik Moris (Mo) Robinsonni hibsga oldi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан