Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Germaniyada otishma: qurolli shaxs sinagogga hujum qilib, ikki kishini o‘ldirdi
10.10.2019 11:27,  
327

Sharqiy Germaniyada yahudiylarning eng muhim bayramlaridan bo‘lgan Yom-Kippur nishonlanayotgan sinagogga kirishga uringan qurolli shaxs ikki kishini otib o‘ldirdi.

Hujumda gumonlanayotgan shaxs qo‘lga olinishidan oldin hujum jarayonini onlayn o‘yin platformasida jonli tarzda yoritib borgan.

Keyinchalik o‘chirib tashlangan videoda gumonlanuvchi hujumdan oldin kameraga qarab yahudiylarga qarshi gaplarni aytgan va mashinasini Halle shahridagi sinagog tomonga haydab, uning eshigiga o‘q uzgan.

Sinagog eshigi yopiqligi uchun u yerga kira olmagan qurolli shaxs shu atrofdagi ikki kishini otib o‘ldirgan.

Mahalliy matbuotga ko‘ra gumonlanuvchi 27 yoshli nemis bo‘lib, yolg‘iz harakat qilgan.

“Federal prokuraturaga ko‘ra hujum qilgan shaxs o‘ng ekstremistik guruhlarga aloqador bo‘lishi mumkin”, degan Germaniya Ichki ishlar vaziri Horst Zeyehofer.

Voqealar qanday rivojlandi?

Hujum chorshanba kuni, mahalliy vaqt bilan soat 12:00 atrofida sodir bo‘lgan. Uning boshlanishi o‘sha yerdagi kuzatuv kamerasiga tushib qolgan. Uning egnida harbiylarning kiyimi bo‘lgan. Mahalliy yahudiy jamoasi yetakchisi Maks Privorotskining so‘zlariga ko‘ra hujum vaqtida sinagog ichida 70-80 kishi bo‘lgan.

Hujum uyushtirilgan sinagog va unga yaqin kabob do‘konining joylashuv o‘rni

Sinagogga kirish urinishi o‘xshamaganidan keyin qurollangan shaxs u yerga yaqin turgan bir ayol va kabob do‘koni yonidagi erkakni otib o‘ldirgan.

Politsiya qurolli shaxs hujum qilgan joyidan qochishga uringanida qo‘lga olinganini aytgan. Hali uning ismi ochiqlanmadi, ammo 27 yoshli nemis ekanligi aytilyapti.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан