Gonkongda ham koronavirus, ham grippga qarshi qo‘llaniladigan burun spreyi sinovdan o‘tkazilmoqda

Gonkongda ham koronavirus, ham grippga qarshi qo‘llaniladigan burun spreyi sinovdan o‘tkazilmoqda

Kelasi oy Gonkongda bir vaqtning o‘zida koronavirus va grippdan himoya qilishi kerak bo‘lgan eksperimental vaksinani sinovlari boshlanadi, deb yozadi Bloomberg Gonkong universiteti yuqumli kasalliklar kafedrasi mudiri Yuen Kvok-yungga asoslanib. Tadqiqotga 100 ga yaqin ko‘ngillilar jalb qilinadi, dedi Kvok-yung.

Yangi vaksina ukol qilishni talab qilmaydi va shu yil sentyabr oyida insonlarda klinik sinovlari o‘tkazilgan yana bir xitoycha COVID-19 vaksinasi singari, burunga purkaladi. Xitoyda ishlab chiqilgan va allaqachon qo‘llanilayotgan grippga qarshi burun vaksinasiga ham xuddi shunday ishlaydi.

Eksperimental purkagichni ishlab chiqish Norvegiyaning Epidemiyaga tayyorgarlik bo‘yicha koalitsiyasi va Gonkong hukumati tomonidan moliyalashtirildi, deb yozadi Bloomberg. Uning yaratuvchilarining fikriga ko‘ra, vaksinalash faqatgina yuqori nafas yo‘llarida ko‘payadigan gripp virusini zaiflashga asoslangan. Ishlab chiquvchilar virusli NS1 oqsilini olib tashlash va SARS-CoV-2 virusining oqsil domenini bog‘laydigan retseptorni kiritish uchun genetik muhandislikdan foydalanganlar.

Gongkong universiteti professori so‘zlariga ko‘ra, gripp va koronavirusdan himoya qilish bilan bir qatorda, purkagich burun shilliq qavatida, ya’ni odatda tanaga nafas olish viruslari kirib boradigan joyda immunitet hujayralarini rag‘batlantirishi kerak. Ushbu yondashuvning samaradorligi ilgari London Imperial kolleji olimlari tomonidan isbotlangan edi, deb eslaydi Bloomberg.

Ular allaqachon yangi vaksinani hayvonlarda sinab ko‘rishgan, deydi tadqiqotchilar va odamlarda o‘tkazilgan sinovlar uning xavfsizligini ko‘rsatishi va optimal dozani aniqlashga yordam berishi kerak. Sinov natijalari bir necha oy ichida paydo bo‘lishi kerak.