Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Gulnora Karimova koloniyadan tez yordam mashinasida olib ketildi
18.07.2019 22:50,  
322

O‘zbekistonning birinchi prezidentining qizi Gulnora Karimova koloniyadan tez yordam mashinasida olib ketildi. Bu haqda Karimovaning shveysariyalik advokati Greguar Manja ma’lum qildi, deb xabar bermoqda RIA Novosti.

"Ishonchli manbadan olingan ma’lumotga ko‘ra, men uni tashqarida kutib turgan vaqtimda Karimova Zangiotani tez yordam mashinasida tark etgan", - deb yozgan Manja Twitterda.

Advokatning so‘zlariga ko‘ra, unga mijozi bilan ko‘rishishi uchun ruxsat berishmagan. Manjaning ta’kidlashicha, koloniya rahbariyati undan u haqiqatan Karimovaning advokati ekanligini tasdiqlovchi hujjatlarni talab qilgan. "Olti soatlik kutishlardan so‘ng Zangiotani tark etyapman. Uchrashuvga rad javobini berishdi", - deb qo‘shimcha qilgan advokat.

Ayni vaqtda rasmiy hukumatdan bu xabarga izoh berilmagan.

Adliya vazirligi iyul oyi boshida 21-sonli ayollar jazoni o‘tash Koloniyasida bo‘lgani va Gulnora Karimovaning mahbus sifatida haq-huquqlari poymol etilmaganligi haqida ma’lumot bergan edi.

Iyun oyi oxirida Gulnora Karimovaning shveysariyalik advokati Karimova bilan uchrashuvdan so‘ng Twitterda uning sog‘lig‘idan havotirdaligini yozgan edi. Karimovaning qizi Imon o‘zining Instagramida "onasi koloniyada zarur tibbiy yordamni olmayotgani va unga ruhiy bosim o‘tkazilayotgani" haqida yozgan edi. Shu bilan birga, O‘zbekiston inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsmen) Ulug‘bek Muxammadiyev № 21 koloniyaga qilgan tashrifidan so‘ng Karimovaning holati qoniqarli ekanini va u barcha kerakli tibbiy yordamni olayotgani haqida ma’lumot bergan edi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан