Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Homilador kelinoyisini pichoqlagan yigit 15 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilindi
12.02.2019 18:10,  
15

12 fevral kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudi binosida homilador kelinoyisini pichoqlagan 21 yoshli yigitga sud hukmi o‘qildi. Unga JKning bir qator moddalari bilan 15 yil muddatga ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlandi, deb xabar bermoqda Xotin-qizlar qo‘mitasi matbuot xizmati.

Xotin-qizlar qo‘mitasi o‘z tashabbusi bilan ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama bo‘lgan qayni ukasi tomonidan 16 marta pichoq urilgan homilador ayolning sud jarayonida jamoatchi himoyachi sifatida ishtirok etayotgani haqida avval xabar bergandi.

“Yuz bergan hodisa oqibatlari mudhish tugashi mumkin edi, biroq besh soatlik jarrohlik amaliyoti ayolni hayotga qaytardi, mo‘’jiza bilan ona ham homila ham saqlab qolingan. Shu kunlarda ayol farzandini dunyoga keltiradi”, deyiladi xabarda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан