Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Ibrohim Ergashev O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasiga rahbar bo‘ldi
21.12.2017 19:26,  
67

2016 yildan «O‘zekspomarkaz» Milliy ko‘rgazma majmuasini boshqarib kelayotgan Ibrohim Ergashev O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi qoshidagi O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Bu haqda MKM xabar qilindi.

Ibrohim Ergashev (1980 yilda tug‘ilgan) Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan. 2001-2008 yillarda «O‘zmarkazimpeks» tashqi savdo kompaniyasida turli lavozimlarda faoliyat ko‘rsatgan. 2009 yilgacha kompaniyaning Pekindagi vakolatxonasini boshqargan. 2009-2010 yillarda «Intreyd» firmasi bosh mutaxassisi, 2010 yildan -«O‘zmarkazimpeks"ga tegishli bo‘lgan O‘zbekiston-Bangladesh korxonasi direktori bo‘lgan.

2010-2012 yillarda «O‘zmarkazimpeks» boshqaruvi raisining o‘rinbosari, 2012-2013 yillarda tashqi savdo kompaniyasi rahbari lavozimlarida faoliyat ko‘rsatgan.

2013 yildan tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiya va savdo vaziri o‘rinbosari, 2014 yildan esa vazirning birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlagan.

«O‘zekspomarkaz"ga kimning rahbar etib tayinlangani to‘g‘risida hozircha ma’lumot yo‘q.

O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasi Prezidentning 30 avgustdagi farmoni bilan fitosanitar xavfsizlikni oshirish va mamlakat hududlarini karantinli va boshqa zararli organizmlardan himoya qilish bo‘yicha ishlarni yaxshilash maqsadida tashkil etilgan edi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан