Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Ichki ishlar vazirligi Sardobadagi talofatlar haqida yangi faktlarni e’lon qildi
21.05.2020 19:30,  
646

Bugun AOKA huzuridagi shtabda Ichki ishlar vazirligi Axborot xizmati rahbari Shohrux G‘iyosov ishtirokida brifing o‘tkazildi.

Brifingda "Sardoba" suv ombori to‘g‘oni o‘pirilishi natijasida sodir bo‘lgan suv toshqini natijasida talofat yetgan hududlarda olib borilayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi. 

Hozirda zarar yetgan hududlarni obodonlashtirish va xavfsiz hududga aylantirish uchun ichki ishlar organlarining jami 1 ming 271 nafar xodimi safarbar qilingan.

Xatlov tadbiri davomida jami 3 448 nafar fuqaroning fuqarolik pasporti yo‘qligi aniqlandi va shundan 1116 nafar fuqaroning pasportlari topilib, o‘z egalariga qaytarildi.

1349 nafar fuqaroga yangi biometrik pasportlar rasmiylashtirib berildi, 983 nafar shaxsga fuqarolik pasporti rasmiylashtirilmoqda.

Ushbu fuqarolarning pasport olishlari uchun mablag‘lar davlat hisobidan qoplab berilishi rejalashtirilgan.

Qidiruv ishlari natijasida 5 160 bosh tirik va 5 940 bosh nobud bo‘lgan katta va kichik shoxli uy hayvonlari topildi.

Tirik qolgan chorva mollarining 5 154 tasi tanib olish dalolatnomasi va tilxatlar asosida o‘z egalariga qaytarildi.

Sardoba suv omborida amalga oshirilayotgan qurilish va ta’mirlash ishlariga ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan jami 3 ming 476 ta og‘ir va maxsus texnika jalb qilindi, shundan 2 ming 417 tasini yuk avtomashinalari tashkil etadi.

Talofat yetgan hududlarda huquqbuzarlik sodir etilishining oldini olish maqsadida, tadbir boshidan 309 nafar muqaddam sudlangan hamda 106 nafar profilaktik xisobda turgan shaxslar bilan tegishli profilaktik ishlari amalga oshirildi.

Shu bilan birga, ijtimoiy tarmoqlarda talofat ko‘rgan hududlarda o‘g‘irlik jinoyatlari qayd etilayotgani to‘g‘risidagi noo‘rin va asossiz ma’lumotlar tarqalgan.

Talofat yetgan hududlarda IIO xodimlari tomonidan kechayu-kunduz olib borilgan qator profilaktik chora-tadbirlar natijasida, birorta ham jinoyat sodir etilishiga yo‘l qo‘yilmadi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан