Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Ichki ishlar vazirligining ikki nafar ofitseri koronavirusdan vafot etdi
15.07.2020 10:29,  
1130

O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati 13 va 14 iyul kunlari tizimning ikki xodim vafoti etganini ma’lum qildi.

IIV matbuot xizmati 13 iyul, dushanba kuni Toshkent shahar IIBB Axborot texnologiyalari, aloqa va axborotni himoyalash bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari, mayor A’loxon Abzalovich Shomahmudovning vafot etganini e’lon qildi. Mayor Shomahmudov 25 iyun kuni 36 yoshga to‘lgan edi.

14 iyul, seshanba kuni esa IIV Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasi bo‘limi boshlig‘i podpolkovnik Shavkat Nosirovich Nafasovning vafoti munosabati ta’ziya e’lon qilindi. Podpolkovnik Shavkat Nafasov 15 may kuni 48 yoshga to‘lgan edi.

«Ichki ishlar vazirligi rahbariyati va shaxsiy tarkibi mayor A’loxon Shomahmudov va podpolkovnik Shavkat Nafasov vafoti munosabati bilan marhumning qarindosh va yaqinlariga chuqur ta’ziya izhor etadi», — deyiladi vazirlik matbuot xizmati e’lon qilgan ta’ziyanomalarda.

Mayor A’loxon Shomahmudov va podpolkovnik Shavkat Nafasov

«Daryo» manbasining ma’lum qilishicha, har ikkala xodim koronavirus infeksiyasi asoratlari oqibatida vafot etgan. Ushbu o‘lim holatlari bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligi axborot berganicha yo‘q.

Ma’lumot uchun, 15 iyul soat 10:00 holatiga ko‘ra O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi asoratlari oqibatida 68 kishi vafot etgan. SSV va uning huzuridagi shtab vakillari O‘zbekistonda koronavirusdan o‘lim holatlari bo‘yicha ma’lumotlar yashirilmayotganini, bundan manfaat yo‘qligini muntazam ta’kidlab kelmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан