Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Imon Karimova onasiga nisbatan O‘zbekiston hukumati tomonidan hech qanday bosim o‘tkazilmayotganligini bildirdi
11.07.2019 11:24,  
21

Avval xabar berganimizdek, 1-sonli Jazoni ijro etish koloniyasida jazo muddatini o‘tayotgan Gulnora Karimovaga qizi Imon Karimova bilan joriy yil 7 iyul kunidan 10 iyul kuniga qadar uzoq muddatli uchrashuv berilgan.

IIV Jazoni ijro etish bosh boshqarmasiga ko‘ra, uchrashuvdan so‘nggi fikr va taassurotlarini o‘rganish maqsadida Imon Karimova bilan suhbat o‘tkazilganda, u onasi Gulnora Karimovaning ayni paytda sog‘ligidan shikoyati yo‘qligini, zarur hollarda muassasa tibbiyot bo‘limi xodimlari tomonidan o‘z vaqtida alohida e’tibor qaratilayotganligi, onasiga nisbatan O‘zbekiston hukumati tomonidan hech qanday bosim o‘tkazilmayotganligini bildirdi.

G.Karimovaning jazoni ijro etish koloniyasidagi holati yuzasidan internetlarda nashr etilgan materiallar haqida Imon Karimovadan so‘ralganda, haqiqatdan ham Instagram’dagi «iman.k17» sahifasi unga tegishli ekanligi, ammo onasi bilan bog‘liq materiallar ushbu sahifaga boshqa shaxslar tomonidan tayyorlanishini ma’lum qildi.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Imon Karimova Shavkat Mirziyoyevga murojaat yo‘llab, onasini ozod qilishni so‘ragani ma’lum qilingandi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан