Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Isroilda karantin cheklovlari tiklanmoqda - Fuqarolarga uylaridan 500 metrdan uzoqqa chiqish taqiqlanadi
14.09.2020 16:33,  
120

Isroil hukumati mamlakatda koronavirus tarqalishi sababli qattiq karantin choralarini ko‘rishni ma’qulladi. Qaror yakshanba kuni bo‘lib o‘tgan yetti soatlik hukumat yig‘ilishidan so‘ng qabul qilindi, deb yozadi The Jerusalem Post.

Takror karantin 18 sentyabr kuni soat 14:00 dan kuchga kiradi va uch hafta - 9 oktyabrgacha davom etadi. Ayni paytda mamlakatda ta’lim muassasalari, restoranlar, savdo va biznes markazlari yopiq bo‘ladi. Isroil aholisiga uylaridan 500 metrdan uzoqroqqa chiqish taqiqlanadi. Shunga o‘xshash karantin choralari mamlakatda mart oyining o‘rtalaridan may oyining boshlariga qadar amal qilgan.

Jons Xopkins universiteti ma’lumotlariga ko‘ra, Isroilda 156 mingdan ortiq COVID-19 infeksiyasi qayd etilgan. Infeksiyadan mingdan ortiq odam vafot etdi, 115 ming kishi sog‘ayib ketdi.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tgan kun davomida dunyo bo‘ylab 307,9 mingta COVID-19 infeksiyasi aniqlandi - bu pandemiya davridagi yangi rekord o‘sish. Dunyoda koronavirus infeksiyasini yuqtirganlarning umumiy soni 29 millionga yaqinlashmoqda.

 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан