Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Jahon banki firibgarlik tufayli o‘zbek shirkatiga sanksiya qo‘ydi
30.04.2020 18:21,  
837

Jahon banki Sirdaryo viloyatida suv ta’minoti loyihasi doirasidagi firibgarlik tufayli O‘zbekistonning "Mega-Mebiko" MChJ QKga sanksiyalar kiritilishini ma’lum qildi. Bu haqda bank rasmiy saytida xabar berildi

Sanksiyalar "Mega-Mebiko"ning Jahon banki tomonidan moliyalashtirilgan loyihalarda ishtirok etishiga 30 oylik taqiqni o‘z ichiga oladi.

JB ma’lumotlariga ko‘ra, Mega-Mebiko noto‘g‘ri moliyaviy ma’lumotlar taqdim etgan va loyihani shartnomasini qo‘lga kiritish uchun manfaatlar to‘qnashuviga ega emasligi haqida yolg‘on ma’lumotlar ko‘rsatgan. Bu soxta amaliyot, deb qayd etdi bank.

Sirdaryo viloyatida ro‘yxatdan o‘tgan Mega-Mebiko plastik plitalar, quvurlar va profillar ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан