Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Aviakompaniyalar Xitoyga reyslarni bekor qilmoqda. Vafot etganlar soni 132 kishiga yetdi
29.01.2020 17:39,  
538

Jahonning bir qator aviakompaniyalari Xitoy shaharlariga bo‘lgan reyslarni bekor qilmoqda: Amerikaning United Airlinesshirkati Pekin, Shanxay hamda Gonkongga 1 – 8 fevralga qadar bekor qildi. Bundan tashqari Britaniyaning British Airways shirkati, Janubiy Koreyaning Air Seoul aviashirkati, Singapurning Scoot hamda Malayziyaning AisAsia aviashirkatlari ham noma’lum muddatga Xitoyga tomon barcha parvozlarni bekor qildi.

Aviaqatnovlarning bekor qilinishi Xitoyda keng tarqalgan koronavirus xavfi bilan bog‘liq. Hozirgi vaqtda (29.11.2020 | 17:00 holatiga ko‘ra) 6057 kishi koronavirus bilan kasallangan, vafot etganlar soni 132 kishi.

Kanadaning Air Canada, Tayvanning China Airlines hamda Germaniyaning Lufthansa kompaniyalari Xitoy bilan parvozlarni butunlay bekor qilmadi, balki vaqtincha to‘xtatib qo‘ydi. Lekin kompaniyalarning qayd etishicha, Xitoyga tomon reyslar uchun talab keskin kamayib ketgan.

Shuningdek, qo‘shni Qozog‘iston ham 3 fevraldan boshlab XXR bilan muntazam aviaqatnovlarni vaqtincha to‘xtatish to‘g‘risida qaror qabul qildi.

Bugun koronavirusning Xitoy iqtisodiyotiga umumiy ta’sirining birinchi baholari paydo bo‘ldi: Analitik kredit reyting agentligining (ACRA) hisob-kitoblariga ko‘ra, 2020 yilda mamlakatda yalpi ichki mahsulot o‘sishi 0.4-1.1 foizga pasayadi.

2003 yilda SARS epidemiyasidan Xitoy iqtisodiyoti 2% pasaygan edi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан