Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Jek Ma Xitoyning eng boy odami maqomini yo‘qotadi
25.09.2020 09:26,  
572

Xitoyning texnogigantlaridan biri Alibaba asoschisi milliarder Jek Ma payshanba kuni XXRning eng boy odami maqomidan mahrum bo‘ldi, deb xabar berdi RBK.

Bloomberg Billionaire Index ma’lumotlariga ko‘ra, shisha suvlar va vaksinalar egasi Chjun Shanshan Jek Madan o‘zib ketdi - 24 sentyabr kuni uning boyligi $58,7 milliardga yetdi, bu Alibaba asoschisinikidan $2 mlrdga ko‘pdir.

Hozir Chjun Osiyodagi eng badavlat kishilari reytingida ikkinchi pog‘onasini egallab turibdi, u faqat hindistonlik magnat Mukesh Ambani (85,2 milliard dollar) dan keyin va dunyoda 17 o‘rinda turadi.

Chjunning boyligi uning ikkita kompaniyasi - farmatsevtika giganti Beijing Wantai Biological Pharmacy Enterprise va shisha suv va ichimliklar ishlab chiqaradigan Nongfu Spring kompaniyasi aksiyalari birjaga qo‘yilgandan keyin keskin oshdi.

Aprel oyida koronavirus test to‘plamlari va turli xil kasalliklarga qarshi vaksinalarni ishlab chiqaradigan Beijing Wantai Biological Pharmacy Enterprise shirkati aksiyalari Shanxay birjasiga qo‘yildi. Shu tufayli xitoylik tadbirkorning boyligi avgustga qadar 20 milliard dollarga yetdi.

Va sentyabr oyida Nongfu Spring aksiyalari Gonkong fond birjasida ro‘yxatga olindi. Savdolarning birinchi kunida ular 85% gacha o‘sishni ko‘rsatdilar va chakana investorlar orasida eng mashhur bo‘lib qoldilar.

Bloomberg'ning yozishicha, Jek Ma tez orada so‘nggi olti yil davomida Xitoyda eng boy odam maqomini qaytarib oladi. Bu uning "Ant Group" kompaniyasining aksiyalarini ommaviy ravishda sotgandan so‘ng sodir bo‘ladi, bu esa ekspertlarning fikriga ko‘ra unga 28 milliard dollar olib keladi.

Avgust oyida Alipay to‘lov tizimini boshqaradigan Ant Group 2019 yilning birinchi yarmiga nisbatan IPO oldidan foydaning o‘n barobar ko‘payganligi haqida xabar berdi. 2020 yil yanvaridan iyungacha bo‘lgan foyda $3,2 mlrdni tashkil etdi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан