Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






JSST koronavirus laboratoriyada yaratilgani haqidagi AQSh da’vosiga munosabat bildirdi
5.05.2020 12:21,  
391

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) Sog‘liqni saqlash favqulodda vaziyatlar dasturi direktori Maykl Rayan AQSh rasmiylarining COVID-19 koronavirusining laboratoriya kelib chiqishi haqidagi bayonotiga izoh berdi. Bu haqda TASS xabar bermoqda.

U JSST virusning laboratoriya kelib chiqishini tasdiqlovchi ma’lumot olmaganligi haqida xabar berdi.

"Agar AQShda bunday ma’lumot bo‘lsa, uni qachon va qanday oshkor qilishni o‘zlari hal qiladi", - dedi Rayan.

Unga ko‘ra, tashkilot hozirda mavjud bo‘lgan ma’lumotlar asosida ishlaydi. Hozircha JSSTning barcha ma’lumotlari koronavirus tabiiy kelib chiqishini ko‘rsatadi, dedi Rayan.

Avvalroq AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo Amerika tomoni COVID-19 koronavirusining Xitoyning Uxan shahridagi labarotoriyadan tarqala boshlaganligi to‘g‘risida yetarli dalillarga ega ekanligini aytgan edi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан