Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Karantin qoidalarini buzgan shaxs 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin
26.03.2020 17:49,  
303

Avval xabar qilganimizdek, “Jinoyat, Jinoyat-protsessual kodekslariga hamda Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida” Qonun (O‘RQ–613, 26.03.2020 y.) Prezident tomonidan imzolandi.

Qonunga ko‘ra, sanitariyaga oid qonun hujjatlarini yoki epidemiyaga qarshi kurash qoidalarini buzganlik uchun jinoiy javobgarlik kuchaytirildi.

Xususan, sanitariyaga oid qonun hujjatlarini yoki epidemiyaga qarshi kurash qoidalarini buzish, shu jumladan karantinli va inson uchun xavfli bo‘lgan boshqa yuqumli kasalliklar paydo bo‘lishi hamda tarqalishi sharoitida davlat sanitariya nazorati organlarining:

  • tibbiy tekshiruvdan o‘tish va davolanish;
  • karantinni o‘tash uchun belgilangan joylarga yetib borish hamda ushbu joyni belgilangan muddat davomida tark etmaslik;
  • kasallik yuqishi mumkin bo‘lgan davrda muloqotda bo‘lingan shaxslar va borilgan joylar haqidagi ma’lumotlarni oshkor qilish to‘g‘risidagi hamda boshqa qonuniy talablarini uzrli sabablarsiz bajarmaganlik odamlarning ommaviy kasallanishi yoki zaharlanishi real xavfini keltirib chiqarsa yoxud odamlarning ommaviy kasallanishiga yoki zaharlanishiga olib kelsa, buning uchun 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilandi. (Hozirga qadar ushbu muddat 3 yilgacha bo‘lgan)

Agar o‘sha harakatlar odamning o‘limiga sabab bo‘lsa, ozodlikdan mahrum qilish jazosi muddati 5 yildan 7 yilgacha etib, bir qancha odamlarning o‘limiga sabab bo‘lsa, – 7 yildan 10 yilgacha etib belgilandi.

(Ilgari ushbu muddatlar tegishlicha 3 yildan 5 yilgacha hamda 5 yildan 8 yilgacha bo‘lgan)

Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

Shuningdek, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 54-moddasi niqobsiz yurganlik uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi qism bilan to‘ldirildi.

Unga ko‘ra, karantinli va inson uchun xavfli bo‘lgan boshqa yuqumli kasalliklar paydo bo‘lishi hamda tarqalishi sharoitida vakolatli organning maxsus talablariga zid ravishda jamoat joylarida niqobsiz bo‘lish BHMning 5 baravarigacha (1 mln 115 ming so‘m) miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан