Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Karantin cheklovlarining yumshatilishi yuzasidan Maxsus komissiya o‘zbekistonliklarga murojaat qildi
15.08.2020 11:17,  
778

Maxsus komissiya murojaati

"Avvalo, mamlakatimizda istiqomat qiluvchi barcha fuqarolarga 2020 yil 10 iyuldan buyon joriy etilgan karantin cheklovlariga qat’iy va intizomli ravishda rioya etganlari uchun o‘z minnatdorchiligimizni bildirmoqchimiz.

Bu koronavirus infeksiyasining tarqalishi bilan bog‘liq holatni barqarorlashtirish imkonini yaratdi.

15 avgustdan boshlab mamlakatimizda iqtisodiy va ijtimoiy sohalarning barqaror ishlashini ta’minlash, aholining yashash sharoitlarini yaxshilash maqsadida karantin cheklovlari yumshatilmoqda.

Karantin qoidalarini yumshatish uni bekor qilishni anglatmaydi. Kasallanishlar soni ko‘payishining oldini olish maqsadida, Komissiya fuqarolar tomonidan shaxsiy himoya choralariga qat’iy rioya qilishni davom ettirishlarini so‘raydi. Shu jumladan:

  • - jamoat joylarida niqob taqib yurish;
  • - ijtimoiy masofani saqlash;
  • - qo‘llarni muntazam yuvish va antiseptik gigiyena vositalaridan doimiy foydalanish.

Ushbu qoidalarga amal qilmaslik kasallikning qayta avj olishiga va natijada qattiq karantin choralari takroran kuchga kiritilishiga olib kelishi mumkin" - deyiladi murojaatda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан