Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Karantindan keyin ham jamoat joylari dezinfeksiya qilinadimi?
4.05.2020 17:31,  
256

Avval ma’lum qilinganidek, bugun AOKA shtabida Bosh davlat sanitariya inspektori Nurmat Atabekov ishtirokida brifing bo‘lib o‘tdi.

Brifingda muhim savol va murojaatlar yuzasidan javob qaytarildi.

Savol: Karantindan keyin, odamlar odatdagi turmush tarziga qaytishidan avval jamoat joylari — aeroportlar, vokzallar, bozorlar va do‘konlar, ommaviy oshxonalar, maktablar, bog‘chalar va shifoxonalar grafik asosida dezinfeksiya qilinadimi? Va keyinchalik ham mana shu ob’yektlar muntazam dezinfeksiya qilinib turiladimi?

Javob: To‘g‘risini aytish kerak, biz dezinfeksiya, dezinseksiya, deratizatsiya kabi tadbirlarni unutib qo‘yay degandik. O‘zi dezinfeksiya borasida profilaktik dezinfeksiya, o‘choqli dezinfeksiya, joriy dezinfeksiya va yakuniy dezinfeksiya degan tushunchalar bor.

Hozir amalga oshirilayotgan dezinfeksiya tadbirlari joriy dezinfeksiya tadbiriga kiradi. Karantin tadbirlari tugashi davrida yakuniy dezinfeksiya ishlari ham o‘tkazilishi kerak va shart.

Bundan keyin esa nafaqat dezinfeksiya ishlariga, balki, sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya qilish masalasi endilikda ko‘ndalang turadi.

Biz doimo pokizalikni, sarishtalikni, saranjomlikni, tozalikni xush ko‘rgan xalq vakilimiz. Bu kabi tadbirlarga rioya etish bizning urf-odatlarimizdan munosib o‘rin egallagan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан