Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Koronavirus bilan dunyoning o‘ndan bir qismi kasallangan bo‘lishi mumkin — JSST
5.10.2020 21:42,  
126

Dunyo aholisining taxminan 10% (760 milliondan ortiq kishi) koronavirus bilan kasallangan bo‘lishi mumkin. Ushbu hisob-kitob JSST sog‘liqni saqlash bo‘yicha favqulodda vaziyatlar dasturi ijrochi direktori Maykl Rayan tomonidan ma’lum qilindi.

Jenevadagi maxsus sessiyada u infeksiya darajasi shahar va qishloq joylarida, shuningdek aholining turli guruhlari o‘rtasida farq qilishi mumkinligini tushuntirdi. Bu shuni anglatadiki, dunyo aholisining aksariyat qismi COVID-19 bilan kasallanish xavfi ostida qolmoqda.

Rayanning ko‘rsatkichi dunyoda tasdiqlangan yuqtirish holatlari sonidan taxminan 20 baravar ko‘pdir - shunga ko‘ra, taxmin qilinishicha, yuqtirgan har yigirma odamdan bittaginasiga tashxis qo‘yilgan. Jons Xopkins universiteti ma’lumotlariga ko‘ra, 5 oktabr holatiga ko‘ra, pandemiya boshlanganidan beri koronavirus bilan kasallanganlarning umumiy soni 35,2 milliondan oshdi, ulardan deyarli uchdan bir qismi faol bo‘lib qolmoqda (10,5 millionga yaqin).

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан