Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Koronavirus tarqalishi sababli Pekin Xitoyning boshqa shaharlari bilan aloqani to‘xtatmoqda
19.06.2020 15:01,  
236

19 iyun, juma kunidan boshlab Pekin koronavirus tarqalishi sababli Xitoyning boshqa mintaqalari bilan barcha turdagi yo‘lovchi tashishni to‘xtatdi. Kecha shaharga karantin sababli yopildi. 

Xitoy OAVlari xabariga ko‘ra, payshanba kuni Pekin aeroportlari yangi infeksiya tarqalish xavfi sababli 1,5 mingga yaqin reysni bekor qilgan.

2020 yil aprel oyidan boshlab pekinliklar 57 kun koronavirus infeksiyani yuqtirmasdan yashadi - bu muddatda faqat chetdan tashrif buyuruvchilar orasida aniqlandi. Ammo, 18 iyun kuni 28 kishi (21 kishi Pekinda), 17 iyun kuni 44 xitoylik (ularning 31 nafari Pekindan) koronavirusni yuqtirgan. Umuman olganda, 11 iyundan beri 158 ta holat aniqlandi.

13 iyun kuni Pekin janubida mahalliy Sinfadi bozorida Covid-19 koronavirus infeksiyasi aniqlangandan so‘ng, shahar tumanlaridan birida maxsus rejim joriy etildi. Kamida 45 bozor ishchisi koronavirus yuqtirgan, deydi rasmiylar. Ma’lum bo‘lishicha, virus manbasi bo‘lgan losos balig‘i yopiq Szinshen dengiz mahsulotlari bozoridan keltirilgan , u yerda virusning tarqalishi ilgari ham aniqlangan edi.

Ayrim mutaxassislar Pekindagi yangi tarqalish ko‘lami Uxandagidan yuqoriroq bo‘lishini aytishmoqda. Chin yurti poytaxtiga qo‘shni Baodin megapolisida harbiy holat rejimi e’lon qilingan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан