Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Koronavirus tarqalishida vaksina samarasiz bo‘lishi mumkin — Bill Geyts
26.06.2020 15:50,  
383

Microsoft korporatsiyasi asoschisi Bill Geyts koronavirus vaksinasi infeksiyaning tarqalishida unchalik samarali to‘siq bo‘lolmasligi haqida gapirdi. Bu haqda CNN xabar bermoqda.

Uning so‘zlariga ko‘ra, vaksinani yaratishda olimlar ikkita omilga — emlangan odam kasallanishining oldini olishga va undan boshqa odamlarga koronavirus yuqtirishning oldini olishga e’tibor qaratmoqda.

Geyts vaksina infeksiya yuqtirishni oldini olish uchun ideal to‘siq bo‘lishiga kafolat yo‘qligini ta’kidladi.

Shu bilan birga, tadbirkor tananing kasallikka qarshi immuniteti samaradorligini yuqori baholadi. Hosil qilingan immunitet, Geytsning so‘zlariga ko‘ra, kamida bir yil davomida qayta yuqtirish xavfidan himoya qiladi.

Bundan tashqari, Microsoft asoschisi AQShdagi yuqumli kasalliklarning asosiy mutaxassisi Entoni Fauchining bashoratini qo‘llab-quvvatladi, unga ko‘ra koronavirus vaksinasi 2020 yil oxirida yoki 2021 yil boshida ixtiro qilinadi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан