Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Koronavirusga qarshi vaksina ustida bir necha davlat olimlari ishlayapti
19.03.2020 10:51,  
524

Koronavirus pandemiyasi har kuni o‘lganlar va kasallanganlar haqidagi yangiliklarga sabab bo‘lyapti. Shu bilan birga uni aniqlash uchun nisbatan samarali test o‘tkazish va eng muhimi vaksina ishlab chiqish uchun ham oldinga qadam qo‘yilyapti.

Jahon Sog‘liqni Saqlash Tashkilotining (JSST) klinik tajribalar ma’lumotlari asosida shu paytgacha koronavirus bilan bog‘liq 508 ta tadqiqot o‘tkazildi, bunda unga qarshi dori topishdan tortib kasallik va karantinning ruhiy ta’siriga qarshi kurash mavzulari o‘rin olgan. 

Seshanba kuni Oksford universiteti olimlari koronavirus tahlili bo‘yicha yangi usulni ishlab chiqqanlarini e’lon qilishdi. Bunga ko‘ra, virus bilan gumonlangan shaxsni tekshirib, 30 daqiqada natijasini bilish mumkin bo‘ladi. Oksford universiteti olimlari uni xitoylik mutaxassislar bilan hamkorlikda ishlab chiqqan.  

Ayni vaqtda Dakardagi (Senegal) Paster Instituti ham 1 dollar evaziga 10 daqiqada natijani bilish mumkin bo‘ladigan yangi tahlil usulini ishlab chiqyapti. 

Virusga qarshi vaksina namunalari AQSh va Isroilda sinovdan o‘tkazilyapti. Ammo ular muvaffaqiyatli chiqqan taqdirda ham keyingi yil o‘rtalaridan oldin bozorga chiqmaydi. 

Shuningdek, Rossiyadagi Qozon federal universiteti va Angliyadagi Kembrij universitetlari ham vaksina ishlab chiqish ustida alohida-alohida harakat qilyapti. 

Qamoqdagilarni nima kutyapti? Eronda kechirilyapti, Rossiyada izolyasiyaga olinyapti

Pandemiyaning ilk kunlaridan boshlab turli davlatlarning hukumatlari qamoqda o‘tirgan odamlarni nima qilish ustida o‘ylay boshladi. Chunki aynan qamoqxonalarda infeksiya alohida tezlik bilan tarqalishi mumkin.

Bu borada eng yumshoq siyosatni Eron qo‘lladi – u yerda rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra 85 ming mahbus garov evaziga ozodlikka qo‘yib yuborildi. Chorshanba kuni esa davlat telekanali Eron oliy diniy rahbari Oyatulloh Xomanaiy juma kuni o‘sha mahbuslarning 10 ming nafarini kechirishini (ya’ni, qamoqdan butunlay ozod etishini) e’lon qildi. 

Rossiyada hozircha mahbuslar keskinroq izolyasiya qilinyapti – Jazoni ijro etish federal xizmati “alohida ko‘rsatmaga qadar” mahbuslarning yaqinlari bilan uchrashishini to‘xtatdi. 

Washington Post gazetasining xabar qilishicha, AQShda immigratsiya va bojxona politsiyasi noqonuniy muhojirlarni vaqtincha hibsga olmay turadi. Bu qaror AQShda hujjatsiz yashayotgan xorijliklar tibbiy yordamga murojaat qilishdan xavfsiramasligi uchun qabul qilindi. Aks holda, mamlakatda koronavirus tez tarqalib ketishi mumkin. 

Siyosatchilar ham koronavirusga chalinyapti

Chorshanba kuni g‘arbiy yarimshardagi ikki davlatning qonunchilik organi vakillari koronavirus bilan zararlangani ma’lum bo‘ldi: Braziliya Senati spikeri Devi Alkolumbre va AQSh Kongressi Vakillar palatasining ikki a’zosi – Ben Makadams va Mario Diaz-Balarte. 

Bu virus paydo bo‘lganidan buyon siyosatchilarni chetlab o‘tayotgani yo‘q. Allaqachon Britaniya parlamenti a’zolari, Britaniya Sog‘liqni saqlash vazirining o‘rinbosari, Eron parlamentining o‘nlab a’zolari kasallangani ma’lum. 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан