Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






London Toshkentning Afg‘oniston bo‘yicha sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatladi
16.04.2019 17:37,  
7

O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligi Tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Alan Dunkanni qabul qildi, deb xabar qildi TIV matbuot xizmati.

Ta’kidlanishicha, siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsion, turizm, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi ikki tomonlama munosabatlar faollashayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. 2018 yili o‘zaro savdo oldingi yilga nisbatan 37%ga o‘sib, 235,9 million AQSh dollarini tashkil etdi, Buyuk Britaniya O‘zbekiston iqtisodiyotiga kiritilgan investitsiya hajmi bo‘yicha 5-o‘rinni egalladi.

Uchrashuvda O‘zbekiston-Britaniya munosabatlarini yanada rivojlantirishdan tomonlar manfaatdor ekanligi tasdiqlandi va 2019 yilda o‘tkaziladigan tadbirlar rejasi bo‘yicha takliflar muhokama qilindi.

Shuningdek, xalqaro va mintaqaviy kun tartibi yuzasidan fikr almashish chog‘ida Afg‘oniston muammosiga alohida e’tibor qaratildi.

“Britaniya tomoni afg‘onlararo tinchlik muloqotiga ko‘maklashish va Afg‘onistonda yirik infratuzilma va ijtimoiy-iqtisodiy loyihalarni amalga oshirish borasidagi O‘zbekistonning sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatladi”, - deyiladi xabarda.

Uchrashuvda ta’lim sohasidagi hamkorlikni kengaytirish istiqbollari, shu jumladan, O‘zbekiston ta’lim muassasalari amaliyotida tegishli standartlar va tajribani qo‘llash masalalari ham ko‘rib chiqildi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан