Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Magistratura imtihonlarida IQ darajani aniqlash bo‘yicha ham testlar bo‘ladi
3.08.2020 11:03,  
1797

AOKA huzuridagi shtabda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi axborot xizmati rahbari Farhod Babashev ishtirokida brifingda aholidan tushgan savollarga javob qaytarildi:

Savol: Magistraturaga hujjat topshirdim. Kirish imtihoni to‘g‘risida batafsilroq axborot bersangiz.

Javob: Kirish imtihonlari mutaxassislik fani va xorijiy tildan — test ko‘rinishida bo‘ladi.

Mutaxassislik fani imtihonida bakalavriatda o‘rganilgan mutaxassislik fanidan tashqari ilmiy-pedagogik layoqatni va IQ darajasini aniqlashga qaratilgan testlar ham kiritiladi.

Kirishi imtihonlarini 3 avgustdan boshlash rejalashtirilgan edi. Barchangizga ma’lum, pandemiya rejalarimizga o‘zgartirishlar kiritmoqda. Shu boisdan magistraturaga qabul imtihonlari vaqti ham Davlat komissiyasi tomonidan belgilanadi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан