Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Makron koronavirus epidemiyasi yuzaga kelayotgani haqida e’lon qildi
27.02.2020 16:17,  
612

Fransiya prezidenti Emmanuel Makron koronavirus epidemiyasi hali boshlanmagani va unga qarshi kurashish lozimligi haqida bayonot berdi.

Makron bu haqda koronavirusdan zararlangan fransuz fuqarolaridan biri vafot etgan Parijdagi kasalxonani ziyorat qilganidan keyin gapirdi va inqiroz boshlanayotganini e’lon qildi. 

“Epidemiya kelyapti. Bizning burchimiz – unga qarshi turish”, dedi u.   

Bugun, 27 fevral kunining o‘zida Yevropaning Norvegiya, Daniya va Estoniya davlatlarida ham koronavirusdan zararlangan ilk bemorlar qayd etildi. Saudiya Arabistoni esa ayni kasallik xavfi tufayli mamlakatga umra va sayohat vizalari bilan kirishga vaqtinchalik taqiq o‘rnatdi

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Xitoyning Uxan shahrida 2019 yil oxirida paydo bo‘lgan yangi turdagi COVID-19 koronavirusidan shu paytgacha 82 171 kishi zararlangan, ulardan 2 804 nafari vafot etgan, 33 129 kishi esa tuzalib ketgan.   

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан