Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Makron Vilnyusda Belarus muxolifat lideri bilan ko‘rishdi
29.09.2020 13:13,  
259

Litvaga tashrif buyurgan Fransiya prezidenti Emmanuyel Makron Belarus muxolifati yetakchisi Svetlana Tixanovskaya bilan uchrashdi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.

Tixanovskayaning matbuot xizmatiga ko‘ra, Belarusda yangi prezident saylovlarini tashkil qilish imkoniyalatlari Makron bilan bo‘lib o‘tgan suhbatning asosiy mavzusi bo‘ldi.

«Yevropa mamlakatlarining Belarusdagi voqealarga befarq emasligi juda muhim. Fransiya eng qadimgi demokratiyalardan biri sifatida bizni juda yaxshi tushunadi. Shu sababli men janob Makronga bizning bosh maqsadimiz - shu yil bo‘lib o‘tishi kerak bo‘lgan yangi erkin va demokratik saylovlar ekanligini eslatib o‘tmoqchiman», - deya Tixanovskayadan iqtibos keltiradi "Pul Prevoy" Telegram kanali.

Makron bilan uchrashuvdan so‘ng Tixanovskaya Fransiya prezidenti "Belorusdagi siyosiy inqirozni hal qilish bo‘yicha muzokaralarda yordam berish uchun qo‘lidan kelganini qilishga" va’da berib, siyosiy mahbuslarning ozod qilinishiga ko‘maklashishini aytdi, deb yozadi Delfi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан