Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Markaziy bank va Davlat ekologiya qo‘mitasiga yangi matbuot kotiblari tayinlandi
19.05.2020 11:38,  
135

Markaziy bank Boshqaruvining 2020 yil 16 maydagi qaroriga asosan Nazarov Akmal Narimanovich O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki raisining matbuot kotibi – axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi. Lavozimga tayinlov Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi xulosasiga ko‘ra amalga oshirildi.

Akmal Nazarov

Akmal Nazarov Toshkent shahrida tug‘ilgan. 2004 yilda O‘zbekiston Davlat jahon tillari universiteti Xalqaro jurnalistika fakultetining bakalavr bosqichini, 2007 yilda O‘zbekiston Milliy universiteti Jurnalistika fakultetining Jamoatchilik bilan aloqalar yo‘nalishi bo‘yicha magistratura bosqichini tamomlagan.

Nazarov 2020 yil yanvar oyidan buyon Markaziy bankning Jamoatchilik bilan aloqalar va kommunikatsion siyosat departamenti direktori o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki raisining matbuot kotibi bir vaqtning o‘zida Jamoatchilik bilan aloqalar va kommunikatsion siyosat departamenti direktori hisoblanadi.

Shuningdek, Davlat ekologiya qo‘mitasi raisiga ham yangi matbuot kotibi tayinlandi.

Bunyod Almamatovich Abdullayev O‘zbekiston Respublikasi ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisining axborot siyosati bo‘yicha maslahatchisi – matbuot kotibi etib tayinlandi.

Bunyod Abdullayev

Lavozimga tayinlov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi xulosasiga ko‘ra amalga oshirildi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан