Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Masjidlar faoliyat boshlashi uchun muhim tavsiya va talablar ma’lum qilindi
13.08.2020 09:55,  
435

Avval xabar qilganimizdek, Respublika maxsus komissiyasining qarori bilan shu yil 17 avgust, dushanba kunidan e’tiboran yurtimizdagi barcha diniy tashkilotlar o‘z faoliyatini davom ettiradi.

Bunda karantin talablari va sanitariya-gigiyena qoidalariga qat’iy amal qilish talab etiladi. Bu haqida Respublika maxsus komissiyasining qarorida shunday deyiladi: «Maxsus komissiya qarori bilan 17 avgustdan boshlab diniy tashkilotlar faoliyatiga (har kuni dezinfeksiya ishlarini amalga oshirish hamda qat’iy ijtimoiy masofani saqlash cheklovlariga rioya etilishini ta’minlagan holda) ruxsat beriladi.

Bunda, diniy tashkilotlarda juma va shanba-yakshanbalik diniy xizmatlarni vaqtinchalik amalga oshirmaslik talab etiladi».

2020 yil 17 avgustdan boshlab barcha hududlarda masjidlar ochiladi

Shuningdek, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita va O‘zbekiston musulmonlari idorasining ma’lum qilishicha, quyidagi muhim tavsiya va talablarga so‘zsiz amal qilish, masjidlar faoliyatining davomli bo‘lishiga asosiy omil bo‘ladi, jumladan:

  • - masjidlarning kirish joyini dezinfeksion «to‘shak»lar bilan jihozlash, birlamchi dezinfeksiyalash vositalari, pirometrlar (kontaktsiz harorat o‘lchagich) bilan ta’minlash;
  • - har bir fuqaro masjid ichida tibbiy niqobda bo‘lishi, hududga kirishda qo‘llarini dezinfeksiyalash vositasidan foydalanishi;
  • - masjidga tashrif buyurgan har bir shaxsning kasallik alomatlarini tekshirish (harorat o‘lchash va tashqi alomatlar), tana harorati 37ºS va undan yuqori bo‘lgan holatda fuqarolarni alohidalash va 103 telefon raqami orqali tez tibbiy yordamga xabar berish;
  • - ibodat vaqtida ijtimoiy masofalanishni saqlash, fuqarolar orasidagi masofani 1,5 metr etib belgilash (maxsus chiziqlar yordamida kataklarga ajratgan holda);
  • - har bir masjidning kirish qismiga kasallikdan saqlanish, hududda karantin talablariga qat’iy amal qilish, xususan, 65 yoshdan katta fuqarolarni masjidlarga vaqtincha tashrif buyurmay turishlari tavsiya etilishi to‘g‘risidagi axborot lavhalarini o‘rnatish;
  • - masjid ma’muriyati tomonida ish faoliyatni karantin davrida tashkil etish bo‘yicha tegishli buyruq va ichki tartiblarni ishlab chiqish (bunda yoshi 65 yoshdan ulug‘ fuqarolarni vaqtincha tashrif buyurmay turishlarini tavsiya etish);
  • - masjidlarda juma namozini vaqtincha ado etmaslik;
  • - hududiy Sanitariya-epidemiologiya xizmati xodimlari tomonidan masjidlarning barcha xodimlari bilan tushuntirish ishlarini tashkil etish;
  • - ushbu xizmat tomonidan belgilangan muddatda (har 3 kunda yoki haftada bir marotaba) masjidlardagi sanitariya-epidemiologik holatni o‘rganish va tavsiyalar berish;
  • - masjidlar binolari va hududini har kuni dezinfeksiya qilish, xonalarni shamollatish;
  • - masjidga kirish va chiqish joylarida aholining to‘planishiga qat’iy yo‘l qo‘ymaslik;
  • - tahoratxonadan faqat zarur sharoitlar yaratilgan (bir martalik sochiq-salfetka, antiseptik vositalar, suyuq sovunlar bilan ta’minlash, qisqa muddatlarda dezinfeksiya qilish), ijtimoiy masofalanishni saqlagan holda foydalanish kabi tartib-intizomlar alohida ta’kidlanadi.

Shuningdek, «Barcha diniy tashkilotlar» deganda yurtimizdagi barcha din vakillariga tegishli ibodat maskanlari nazarda tutilganini eslatib o‘tildi. Bunga masjidlar, cherkovlar, sinagogalar va boshqalar kiradi. 

Ayni damda ijtimoiy tarmoqlarda ko‘tarilayotgan ayrim savollar va mulohazalarga oydinlik kiritish maqsadida quyidagilar ma’lum qilindi.

- Birinchidan, masjidlarda kunlik besh mahal namoz, cherkov, sinagoga va boshqa ibodat maskanlarida har kunlik ibodatlar to‘liq bajariladi.

- Ikkinchidan, masjidlarda juma namozi, cherkov va sinagogalarda bajariladigan shanba va yakshanba kunidagi ommaviy ibodat marosimlari Respublika maxsus komissiyasining qaroriga muvofiq vaqtincha to‘xtatib turiladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан