Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Masofaviy ta’lim sifati qanday nazorat qilinmoqda?​
24.04.2020 18:20,  
631

Bugun AOKA shtabida Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi axborot xizmati rahbari Feruza Madrahimova ishtirokida brifing o‘tkazildi.

Brifingda muhim savol va murojaatlar yuzasidan javob qaytarildi.

Savol: Karantin davrida maktab o‘quvchilariga va talabalarga masofadan ta’lim berilmoqda. Inspeksiya tomonidan masofaviy ta’limning sifati qanday nazorat qilinmoqda?

Javob: Inspeksiya Xalq ta’limi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirliklari bilan hamkorlikda masofaviy ta’limning tashkil etilishi monitoringini olib bormoqda. 

Ushbu jarayonda keng jamoatchilik nazoratini kuchaytirish va ota-onalarga qulaylik yaratish maqsadida Inspeksiyaning @edumonitoring_bot telegram boti ishga tushirilgan.

Mazkur telegram bot orqali ota-onalar maktab va OTMlarda masofaviy o‘qitishning sifati, uni tashkil etish hamda hududlardagi muammo va qiyinchiliklar bo‘yicha xabar va takliflar berishmoqda.

Misol uchun, olis hududlarda yashovchi ko‘pchilik talabalar internet tezligi pastligi, elektr uzilishlari sababli masofaviy ta’lim tizimidan samarali foydalana olmayotganliklarini ma’lum qilishgan. Ayni paytda hamkor vazirliklar va mahalliy hokimliklar bilan masofaviy ta’lim sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan omillarni bartaraf etish ishlari davom etmoqda.

Savol: Karantin bo‘lishiga qaramay, ayrim viloyatlarda maktabgacha ta’lim muassasalari uchun attestatsiya davom etmoqda, shunga izoh bersangiz?

Javob: Karantin sababli rejadagi ta’lim muassasalarida o‘tkazilayotgan attestatsiya va akkreditatsiya jarayonlari xususan, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida o‘tkaziladigan attestatsiya jarayoni ham to‘liq to‘xtatilgan. MTMlarda attestatsiya o‘tkazish bo‘yicha Ta’lim inspeksiyasining hududiy bo‘limlariga hech qanday ko‘rsatmalar berilmagan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан