Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






MIB Farg‘onada «Tundan tonggacha» reydlarini o‘tkazmoqda
29.02.2020 15:17,  
904

Majburiy ijro byurosi Farg‘ona viloyati organlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori talablariga muvofiq, tungi 00:00 dan soat 06:00gacha “Tundan tonggacha” reydlari vaqti-vaqti bilan, asosiysi kutilmaganda o‘tkazilmoqda, deb xabar bermoqda O‘zA.

Xususan, shu kabi tezkor tadbir Rishton tumanida tonggi soat 04:00 larda Sanoat zonasida faoliyat yuritib kelayotgan qo‘shma korxonalardan birida o‘tkazilgan.

Foto: O‘zA

Xabarda aytilishicha, o‘ng minglab tup pomidor ko‘chatlari barq urib yashnab turgan, ancha mehnat qilingan korxonaning issiqxonalariga ulangan 4 ta kotyollarning birortasi gaz hisoblagichga ulanmagan. Hisob-kitoblarga ko‘ra ushbu korxona davlat manfaatlariga 75,3 million so‘mdan ortiqroq zarar yetkazilganligi aniqlangan va mazkur holat bo‘yicha tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Shuningdek, tadbirkorning issiqxonasi qonun hujjatlariga muvofiq gaz tarmog‘idan uzilgan va endilikda tadbirkor o‘tin-ko‘mir yoqib ishini davom ettiradigan bo‘ldi, deyiladi xabarda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан